Shogirtlik kursiga qabul ochiq

Uyqu mutaxassisi · Tibbiyot hodimasi · Pedagog-psixolog

Farzandingiz uyqusini tartibga solish va onalik yo‘lida ishonchli bilim oling.

Nodira Adhamova 10 dan ortiq mamlakatdagi 12.000+ oilalarga farzandining orom uyqusini tiklashga yordam bergan.

12.000+ oilaga yordam
7000+ muvaffaqiyatli natija
6+ yillik tajriba
Nodira Adhamova

Shaxsiy konsultatsiya va amaliy kurslar orqali bolalar uyqusi hamda stressiz tuvakka o‘rgatish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq.

Joy band qilish

Nodira Adhamova kim?

Tibbiyot, pedagogika va amaliy uyqu mutaxassisligi birlashgan tajriba.

Mutaxassis haqida

  • Nodira Adhamova - uyqu mutaxassisi, tibbiyot hodimasi, pedagog-psixolog.
  • 2012-2015-yillarda Asaka Tibbiyot kollejini tamomlagan va qisqa muddat feldsher lavozimida ishlagan.
  • Hozirda Toshkent Oriental Universitetining Pedagogika-Psixologiya yo‘nalishida tahsil olmoqda.
  • 2019-yilda uyqu mutaxassisligi bo‘yicha Turkiyada o‘qigan.
  • 10+ mamlakatdagi 12.000+ oilalarning orom uyqusiga sababchi bo‘lgan.
2022

@Tualetmashguloti

Bolalarni stressiz pampersdan chiqarish va tuvakka o‘rgatish bo‘yicha 2000 dan ortiq bola muvaffaqiyatli natijaga erishgan.

Kurs kimlar uchun?

Bolalar uyqusi va tarbiyasini chuqur tushunishni istagan ayollar uchun amaliy yo‘l.

Pediatr va tibbiyot xodimlari

Bolalar bilan ishlashda uyqu, tinchlantirish va ota-onalar bilan muloqot bo‘yicha amaliy bilimini kuchaytirishni istaganlar uchun.

Bog‘cha tarbiyachilari

Bolalarni tushunish, ularni tinchlantirish va kundalik rejimda to‘g‘ri yondashuvni qo‘llashni xohlaydigan tarbiyachilar uchun.

Yosh va bo‘lajak onalar

Farzandining uyqusini tartibga solish, garshokka o‘rgatish va onalikda xotirjam tizim yaratishni istaganlar uchun.

Uy bekalari

Uyda o‘tirgan holda foydali kasb o‘rganish va kelajakda qo‘shimcha daromad yo‘lini ochishni istagan ayollar uchun.

Bolalar bilan ishlashni istaganlar

Bolaning ehtiyojini tushunish, xulqini kuzatish va oilaga foydali tavsiya berish ko‘nikmalarini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun.

Qo‘shimcha kasb izlayotganlar

Bolalar uyqusi va tarbiyasi yo‘nalishida mutaxassislikka qadam qo‘yib, daromad manbai yaratishni istaganlar uchun.

Kurs davomida siz

Amaliy bilimlarni tizimli o‘rganasiz

  • Bolaning uyqusini tartibga solish
  • Garshokka o‘rgatish
  • Bolani tinchlantirish usullari
  • Ota-onalar bilan to‘g‘ri ishlash
  • Amaliy tajriba va tavsiyalar

Kelajakda nafaqat o‘z farzandingizga, balki boshqa oilalarga ham yordam bera oladigan mutaxassisga aylanasiz.

Ariza qoldirish

Mijozlar fikri

Kursdan keyingi real o‘zgarishlar va minnatdorchiliklar.

★★★★★

"Avvalo Allohning buyurgani, siz sabab farzandimni sokinlik va xotirjamlik bilan katta qildim. Uyqusi rejimda bo‘lgan bolaning xarakteri, ovqatlanishi va rivojlanishi ham joyida bo‘lishini o‘z qizimda ko‘rdim. Oilam oldida ham yuzim yorug‘ bo‘ldi."

Nigora KarimovaUyqu kursi bitiruvchisi
★★★★★

"Amaliyotda tajriba to‘plab, kurator sifatida ish bilan ta’minlandingiz. Dekretdagi ayol uchun bu eng zo‘r imkoniyat edi. Endi esa o‘z blogimni yuritishimga va alohida mutaxassis bo‘lishimga ham turtki bo‘lyapsiz."

Gulnoza AbdullayevaUyqu kursi bitiruvchisi
★★★★★

"Kurs davomida berilgan nazariy va amaliy bilimlar onalik yo‘limda juda katta yordam berdi. Kurs menga nafaqat bilim, balki o‘zimga bo‘lgan ishonchni ham berdi. Hozir jamoada kurator sifatida faoliyat yurityapman."

Malika GaziyevaUyqu kursi bitiruvchisi
★★★★★

"Qizimning uyqu tartibi birinchi kundanoq yaxshilana boshladi. Avvallari tunlari uxlamasdi, kunduzgi uyqulari juda qisqa edi. Tualetga o‘rgatish jarayoni ham osonlashdi. Hozir o‘zim ham boshqa onalarga yordam beryapman."

Madina RasulovaUyqu kursi bitiruvchisi

Ro‘yxatdan o‘tish

Ariza qoldiring, jamoa siz bilan bog‘lanadi.